«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining «Al-Hilal» jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoriy ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi o'z karerasini Yaqin Sharqda davom ettirishni xohlayotganini aniq bildirdi. Hozirda klub va futbolchi o'rtasida taxminan 55,8 million evro miqdoridagi kelishuv bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emery 30 yoshli hujumchini transfer oynasi yopilguncha sotish mumkinligini istisno qilmagan edi.

O'tgan mavsumda Uotkins barcha musobaqalarda 55 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va beshta golli uzatma berdi.

Shuni ta'kidlash joizki, hujumchi yangi mavsumning dastlabki ikki o'yinini o'tkazib yubordi.