Braziliyalik qanot o'yinchisi «Arsenal»dan Gabriel Martinelli milanlik «Inter»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» Martinelliga asosiy da'vogar bo'lib qolmoqda. Biroq, 25 yoshli o'yinchiga «Yuventus», «Roma» va «Atletiko» ham qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq «Arsenal» «Galatasaray»dan 45 million evro taklif olgan edi, lekin Martinelli Turkiyaga ko'chib o'tishni rad etdi. «Kanonirlar» o'z futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.

«Arsenal» yangi mavsumda ikki o'yin o'tkazdi, lekin Martinelli birorta o'yin ro'yxatiga kiritilmadi.