«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya boshqa evropalik klublarning e'tiborida. Bu ma'lumotni jurnalist Ekrem Konur e'lon qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining transferida «PSJ» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, ispanni o'z saflarida ko'rishni xohlaydigan «Nyukasl» va «Aston Villa» ham bor.
Aytishlaricha, klublar Garsiya uchun 70 million evrodan ortiq mablag' to'lashga tayyor. Himoyachiga bo'lgan yuqori talab uning «Barselona»dagi kelajagini shubha ostiga qo'yadi.
Ushbu mavsumda Garsiya barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda maydonga tushdi va gol urish bilan ajralib turmadi. Ispan futbolchining «sine-granatali»lar bilan shartnomasi 2031 yilning iyunigacha davom etadi.
