O'tgan yili «Bavariya»da to'p surgan yarim himoyachi Leon Goretska Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto o'z ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli nemis hozirda «Aston Villa» bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Yozda Goretska «Bavariya»dan erkin agent sifatida ketdi, shuning uchun «shirlar» uni bepul qo'lga kiritishi mumkin.
O'tgan mavsumda Goretska barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazdi, besh marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 12 million evroni tashkil etadi.
