«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq transfer oynasi yopilishidan oldin o'yinchilarni sotish imkoniyati haqida savolga javob berdi.

Bugun «qizil iblislar» Xall Sitiga qarshi Premyer-liga birinchi turida safarda o'ynaydi.

«Menga hech kim [transfer so'rab] murojaat qilmadi. Lekin nima bo'lishini bilmayman, hamma narsa bizdan bog'liq emas. Biz faqat o'z qo'limizdagi narsalarni nazorat qila olamiz. Men joriy tarkibimizdan mamnunman, agar muammolar bo'lsa, ularni hal qilishga harakat qilamiz», - deya Karriqning fikrlarini keltiradi centredevils.

«Manchester Yunayted» va «Xall» o'rtasidagi uchrashuv Moskva vaqti bilan 14:30da boshlanadi.