Ilgari «Liverpul» va Angliya terma jamoasi forvardi Maykl O'uen o'g'lining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar haqida hissiyotga to'la intervyu berdi.

O'uen o'g'lining ko'zidagi degenerativ kasallik tufayli yig'laganini aytdi, bu kasallik «kechikkan bomba» bilan taqqoslanmoqda. 20 yoshli Jeymsda davolash mumkin bo'lmagan kasallik bor, bu esa uning to'liq ko'rish qobiliyatini yo'qotishiga olib kelishi mumkin.

Shthargardt kasalligi — bu ko'zlarning kam uchraydigan irsiy kasalligi bo'lib, u ko'rish qobiliyatining bosqichma-bosqich yo'qolishiga sabab bo'ladi. Odatda, bu kasallik bolalik yoki o'smirlik davrida boshlanadi va noaniq, bulg'angan yoki deformatsiyalangan ko'rishga olib kelishi mumkin.

«Unga birinchi marta tashxis qo'yilganda, men mashinada uch-to'rt marta to'xtab, shunchaki yig'laganimni eslayman», - dedi O'uen Amazon'ga.