«Aston Villa» va «Barselona» «Monako» hujumchisi Folarin Balogunga qiziqish bildirishmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Aston Villa» agar Olli Uotkins «Al-Hilal»ga o'tadigan bo'lsa, amerikalik forvard uchun aniq qadamlar qo'yishi mumkin. Yevropada transfer oynasi 1 sentyabrda yopiladi.
O'tgan mavsumda Balogun barcha musobaqalarda 43 o'yinda 19 gol urdi. Amerikalik futbolchining «Monako» bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi, ammo klub uni katta summaga sotishga tayyor. Transfermarkt portalida o'yinchining narxi 50 million evroga baholangan.
So'nggi paytlarda 25 yoshli forvardni «Tottenhem» sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
