«Manchester Yunayted» kelajakda bosh murabbiy o‘zgartirishni rejalashtirishi mumkin. Maykl Karriq 2026/2027 yilgi mavsumning dastlabki ikki oyi yomon o‘tganidan so‘ng ishini yo‘qotish xavfi ostida turibdi.
So‘nggi kunlar va haftalarda «qizil iblislar» Antonio Konte bilan bog‘lanmoqda. talkSPORT ma'lumotlariga ko‘ra, Konte vakillari «Manchester Yunayted»ga murabbiyning pozitsiyasini yetkazishdi: u Karriq iste'foga chiqsa, ishga qiziqish bildirgan.
Shuni ta'kidlash kerakki, Antonio Konte ilgari Angliyada «Chelsi» (2016-2018) va «Tottenhem» (2021-2023) jamoalarini boshqargan. U 2017 yilda «Chelsi» bilan Premier-ligada chempion bo‘lgan. Hozirda Antonio «Napoli»dan ketganidan keyin klubga ega emas.
