Markaziy himoyachi «Aston Villa»dan Ezri Konsa Londondagi «Arsenal»ga o'tdi.
Ma'lum bo'lishicha, ingliz futbolchisi yangi klub bilan shartnoma imzolagan. Shunday qilib, yaqin kunlarda himoyachining o'tishi haqida rasmiy e'lon kutish mumkin.
Avvalroq, OAVda «kanonirlar» futbolchi uchun bonuslarsiz 60 million evro to'laydi degan ma'lumotlar tarqalgan edi.
Konsa 2019 yildan beri «Aston Villa»da o'ynab kelmoqda, u Birmingham klubiga «Brentford»dan o'tgan. Umuman olganda, futbolchi «Aston Villa» safida 286 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urgan va to'rt assist bergan.
