Ronald Arauhoning, «Liverpul» tomonidan «Barselona»dan ijaraga olingan himoyachining kelajagi noaniq qolmoqda.

«Qizillar» urugvaylik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi va uni 55 million evro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega. Yaqinda OAVda ingliz klubining rahbariyati o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqayotgani va futbolchini sotib olishning maqsadga muvofiqligiga shubha qilayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Arauho agenti bu ma'lumotlarni asossiz deb atadi, deb xabar bermoqda Barca Universal. 27 yoshli futbolchi «Liverpul»da baxtli va klubdan kelajak haqida hech qanday signal olmagan.

Ronald Arauho Andoni Iraola boshqaruvidagi jamoada to'qqizta o'yin o'tkazdi va bir marta gol urdi.