«Manchester Siti» braziliyalik qanot o'yinchisi Allan Eliasni «Palmeiras»dan sotib olish ustida ishlamoqda. Ushbu 22 yoshli futbolchi, «Tottenxem»ga o'tishga yaqin bo'lgan Savinyo o'rnini egallashi mumkin.

Mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, «shaharchilar» Allanning mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha kelishib olgan. Endi ingliz klubi «Palmeiras» bilan transferni kelishishga harakat qiladi. Tomonlar o'rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan.

Allan joriy mavsumda 41 o'yin o'tkazib, 6 gol urdi va 5 assist berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalikning bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.