Londondagi Chelsi himoyachisi Ris Djems tizzasida kichik operatsiya o‘tkazdi, bu haqda «pensiyonerlar»ning matbuot xizmati ma'lum qildi.

26 yoshli futbolchi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini boshladi. Futbolchining maydonga qaytish muddatlari hozircha aniq emas.

Esimizda tutaylik, Djems 10-oktabrda bo‘lib o‘tgan Bornmutga qarshi o‘yindan oldin mashg‘ulotda jarohat olgan.

Hozirgi Angliya Premer-ligasida himoyachi to‘rt o‘yinda ishtirok etdi va bitta sariq kartochka oldi.

Olti turdan so‘ng Chelsi chempionatda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.