Tottenhem» «Manchester Siti» bilan hujumchi Omar Marmushni sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Juma kuni kechqurun «shporlar» braziliyalik qanot o'yinchisi Savinyoning transferi bo'yicha «shahar» bilan kelishuvga erishdilar. Mashhur insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, Londondagi klub O'Mar Marmushning transferi ham tez orada kelishuvga erishilishini ishonch bilan kutmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda, 27 yoshli hujumchi esa taklifni qabul qilgan.

Omar Marmushning Transfermarkt portalidagi bahosi 50 million evro. «Manchester Siti» Misrlik futbolchini 2025 yilning boshida Frankfurtning «Ayntraxt» klubidan 75 million evro evaziga sotib olgan.