Londondagi Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Martin Subeimendining sotilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Kanonirlar»ning ispaniyalik yarim himoyachisi bilan aloqador bo'lgan gap-so'zlar Nyukasldan Bruno Gimaraesning kelishi bilan kuchaygan. Biroq, Arteta Subeimendi hech qayoqqa ketmaydi, deb aniq aytib o'tdi.
«Yo'q, u biz uchun juda muhim. Shubhasiz, Martin o'tgan mavsumda Arsenalning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'ldi. U bo'lmasa, oxirgi vaqtlarda erishgan yutuqlarimizga erisha olmasdik», – deya Fabrizio Romanoning so'zlarini keltirmoqda.
Subeimendi «Arsenal»ga o‘tgan yilning yozida Real Sosiadaddan 70 million yevro evaziga o'tkazilgan. 27 yoshli futbolchining shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
