Yangi mavsumdan boshlab, APL hakamlari burchaklar va boshqa standart vaziyatlarda o'yinchilarga ushlash, itarish va boshqa to'p bilan bog'liq bo'lmagan qoidabuzarliklar uchun yanada qat'iy jazolar berishadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Hakamlarga ogohlantirishlar bilan cheklanmaslik va aniq qoidabuzarliklarni ko'proq qayd etish tavsiya etilgan. Raqibning harakatlanishiga yoki to'pga tegishiga to'sqinlik qiluvchi ushlashlarga alohida e'tibor qaratiladi.
Biroq, odatiy o'yin kontaktlari hali ham ruxsat etiladi. Darvozabon bilan kichik to'qnashuv golni bekor qilish uchun asos bo'lmaydi, ammo uning harakatlarini cheklash, masalan, qo'lini ushlash, qoidabuzarlik hisoblanadi.
Angliya hakamlar tashkiloti rahbari Govard Uebb yangi tavsiyalarning maqsadi o'yinchilarni xulq-atvorini o'zgartirish va bunday epizodlar sonini kamaytirish ekanligini ta'kidladi.
Qat'iylashtirishning sababi o'tgan mavsumda standart vaziyatlardan ko'p gol urilishi bo'ldi: so'nggi Angliya chempionatida 269 gol urildi, bu esa barcha gol urishlarning 25,7% ni tashkil etdi. Bu esa yevropaning yetakchi chempionatlari orasida eng yuqori ko'rsatkichdir.
