Chap himoyachi «Rasing» Xorxe Salinas Madridning «Atletiko» klubiga o'tishi mumkin.

19 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» ham qo'lga kiritmoqchi. Transfer News Live xabariga ko'ra, «matraschilar» Ispaniyalik futbolchiga «qizil iblislar» tomonidan qiziqish borligini bilishadi, lekin istiqbolli o'yinchini o'zlariga jalb qilishga qat'iy qaror qilishgan. Madrid klubi shartnoma tuzish ustida faol ishlamoqda.

Xorxe Salinasning shartnomasida 16 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Yosh himoyachi «Rasing»ning asosiy jamoasida 38 ta o'yin o'tkazdi (shu jumladan, La Ligada boshlangan musobaqada bir o'yin), o'z hisobiga yetti golli pas yozdirgan.