«Liverpool»ning yarim himoyachisi Kortis Jones «Inter»da faoliyatini davom ettiradi.

Milan klubi «Mersisayd» bilan futbolchini transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Mashhur insayder Fabrizio Romano yozishicha, bitim summasi 35 million evro bo'ladi. «Inter» shuningdek, 25 yoshli ingliz futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib oldi. Yaqin kunlarda yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng tomonlar o'tishni rasmiylashtirishlari mumkin.

Jones «Liverpool»ning tarbiyalanuvchisi bo'lib, butun professional faoliyatini ingliz klubida o'tkazdi. Uning hisobida 228 o'yin, 22 gol va 25 assist mavjud.