«Liverpul» yarim himoyachisi Alekis Mak Allister shartnomasi va ingliz klubidan yangi kelishuv taklifi yo'qligi haqida fikr bildirdi.
- Men buni avvalgi gaplarimda his-tuyg'ularimga asoslanib aytgan edim. Bu ularning qarori va men buni qabul qilaman. Men o'yinlarda va mashg'ulotlarda qo'limdan kelganini qilishga harakat qilaman, - deydi Mak Allisterning so'zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirmoqda.
27 yoshli argentinalik futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Avvalroq yarim himoyachi yangi kelishuv taklifining yo'qligidan xafa bo'lganini tan olgandi.
