«Kristal Pelas» matbuot xizmati rasmiy saytida jamoa tarkibiga yangi qo'shilish haqida e'lon qildi. Klubga qanot hujumchisi Zaviyer Gozo qo'shildi. Amerika Yoshlar terma jamoasi futbolchisi «qaldirg'ochlar» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Gozo amerikalik «Real Salt-Leyk» klubidan xarid qilindi. Ingliz matbuotiga ko'ra, transfer narxi taxminan 13 million evroni tashkil etdi.

19 yoshli Gozo joriy mavsumda MLSda 16 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Yangi mavsumning birinchi turida Angliya chempionatida «Kristal Pelas» «Everton» bilan o'ynaydi. Uchrashuv 22-avgustda bo'lib o'tadi.