Flank himoyachisi Matteo Rujeri «Atletiko» Madriddan «Aston Villa»ga o'tdi. Bu haqda ingliz klubining rasmiy matbuot xizmati ma'lum qildi. Shartnoma tafsilotlari ochiqlanmagan.

Agar mish-mishlarga ishonilsa, 24 yoshli italiyalik uchun «Aston Villa» 25 million evro to'lagan. Yana bir yarim millionni «mattrasniklar» bonus sifatida olishlari mumkin. Rujerining «shirlar» bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Rujeri «Atletiko»da faqat bir mavsum o'tkazdi. U Ispaniyaning yirik klubida 47 marta maydonga tushgan va 7 ta golli uzatmaga ega.

Himoyachining debyuti 23 avgustda bo'lishi mumkin. Ushbu kunda Unai Emery boshqaruvidagi jamoa APLning birinchi turida «Brayton»ga qarshi o'ynaydi.

«Aston Villa» Sudzukining transferi haqida e'lon qildi