Milanning «Inter» klubi «Liverpool» bilan yarim himoyachi Kurtis Jonesning transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

«Nerazzurri» kelgusi kunlarda o'yinchiga 30 million yevro miqdorida taklif yuborishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport. 25 yoshli futbolchi Milan klubi uchun ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi.

Avvalroq «Liverpool» o'z tarbiyalanuvchisi uchun taxminan 40 million yevro talab qilgan edi. O'z navbatida, ingliz futbolchisi «Inter»ga o'tishga qat'iy qaror qilgan va allaqachon o'tishga oldindan rozilik bergan.

Hozirda Kurtis Jonesning Merseyside klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.