«Manchester Yunayted» rahbariyati «Brayton»ning bosh murabbiyi Fabiyan Hurtselerni taklif qilishga qiziqmoqda.

Germaniyalik mutaxassis Maykl Karriqqa o'rinbosar sifatida ko'rilayotgan nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan, uning ingliz klubidagi kelajagi esa noma'lum. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Hurtseler bilan birga murabbiylik lavozimiga asosiy nomzodlardan biri Yulian Nagelsmann hisoblanadi. Biroq, Hurtseler o'zining «Manchester Yunayted»ga o'tishga qiziqmasligini bildirdi.

«Manchester Yunayted» hali Karriqni ishdan bo'shatgani haqida e'lon qilmagan. Avvalroq, mutaxassis kelasi hafta APLdagi keyingi o'yinda mag'lubiyatga uchrasa, iste'foga chiqarilishi mumkinligi xabar qilingan.