«Milan» hujumchisi Kristofe Nkunku «RB Leypsig»da o‘z karerasini davom ettirishi mumkin.
Germaniya klubi futbolchini qaytarishga qiziqmoqda, deb xabar beradi jurnalist Fabrizio Romano o‘z sahifalarida. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, «RB Leypsig» 28 yoshli hujumchini ijaraga olish bo‘yicha taklif yuborgan. O‘zi esa, o‘yinchi hali kelajagini aniqlamagan. Frantsuz barcha mavjud variantlarni o‘rganmoqchi va faqat shundan so‘ng, karerasini qayerda davom ettirishga qaror qiladi.
Oldinroq xabar berilganidek, «Milan» hujumchi bilan bu yozda xayrlashishga tayyor.
Nkunku 2019 yildan 2023 yilgacha «RB Leypsig»da o‘ynagan, so‘ngra Londondagi «Chelsi»ga o‘tgan. U «Milan»da 2025 yil yozidan beri o‘ynaydi.
