Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tdi.

Insayder Fabrizio Romano ma'lum qilishicha, 30 yoshli futbolchi «sine-granatoviylar» bilan 2030 yilning iyunigacha shartnoma imzolagan.

Avvalroq, Rodrini sotib olish «Barselona»ga 60 million evro va bonuslar to‘lashga tushishi haqida xabar berilgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, yangi jamoasida yarim himoyachi yiliga 15 million evro maosh oladi.

«Manchester Siti» safida Rodri 298 uchrashuvda maydonga tushib, 28 gol urdi va 32 golli uzatmani amalga oshirdi.

«Barselona» yangi mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvini 23-avgustda o‘tkazadi. Kataloniyaliklarning birinchi turdagi raqibi Elche bo‘ladi.