«Pari Sen-Jermen» va «Liverpul» hali ham Bredli Barkola transferi shartlari bo'yicha kelishuvga yaqin emas. Dastlab parijliklar qanot o'yinchisi uchun 169 million evro so'rashgan, bu esa «qizillar»ni qoniqtirmadi. Jurnalist Aleks Krukning ma'lumotlariga ko'ra, «PSJ» narxni 149 million evrogacha tushirishi mumkin, lekin Merseysayd klubi bunday summani to'lashga tayyor emas.

Xabarlarga ko'ra, «Liverpul» fransuz o'yinchisi uchun 100-110 million evro taklif qilishga tayyor, 23 yoshli futbolchining bozor qiymati esa Transfermarkt portaliga ko'ra 90 million evroni tashkil etadi.

Bredli Barkola 152 o'yinda 39 gol urib, 37 golli uzatma bergan.