Londonning «Chelsi» vingeri Pedro Neto tez orada «Al-Hilal»ga ko'chishi mumkin. Saudiyaliklar klubi portugaliyalik futbolchini qo'lga kiritish ustida ishlamoqda, unga qiziqish «Manchester Siti» tomonidan ham bildirilgan. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, Riyoddagi klub 26 yoshli futbolchiga «katta» maosh va uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Muzokaralar tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
Transfermarkt ekspertlarining baholashiga ko'ra, Pedro Netoning bozor qiymati 60 million evro, ammo mish-mishlarga ko'ra, «Chelsi» futbolchi uchun deyarli ikki baravar ko'p – 117 million evro talab qilmoqda. Neto ning amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.
