Madridning «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresning kelajagi hali ham noaniq. «Matrasniklar» o‘yinchini sotishni xohlamaydi, ammo «Barselona» taslim bo‘lmadi va transferni amalga oshirishga umid qilmoqda, shuningdek, «Arsenal» ham raqobatdan chetda qolmagan. Biroq, jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko‘ra, argentinalik o‘yinchining «kanonirlar» safiga o‘tishi uchun ko‘plab shartlar bajarilishi kerak.

«Birinchidan, Alvares ishni oxirigacha olib borishi va o‘zining sotilishini talab qilishi kerak. Ikkinchidan, «Atletiko»ning transfer bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishi lozim. Uchinchidan, «Arsenal» moliyaviy talablarni qabul qilishi kerak, to‘rtinchidan esa, «Barselona» o‘z harakatini amalga oshirmasligiga umid qilish kerak, chunki bu o‘yinchi uchun afzal variant», – deya keltiradi DailyAFC Jeykobsni.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, 26 yoshli forvardning narxi 120 million evro deb baholanmoqda.