«Manchester Yunayted» jamoasining bosh murabbiyi Maykl Karriq jamoatchilikni vaziyatni tushunmasdan ayblamaslikka chaqirmoqda.

«Biz «yugurmaysiz» degan bayonotlarga ehtiyot bo'lishimiz kerak. Hamma birdaniga pressing haqida gapira boshladi, lekin bu futbolning faqat kichik bir qismi. Pressing tushunchasi ostida butunlay boshqacha narsalar tushunilishi mumkin. Pressing aslida nima? Uni nima uchun qo'llaysiz? Bunga qodir misiz? Bu boshqa zonalarni ochib qo'ymaydimi? Hozirda «pressing» so'zini joyida ishlatmaslik keng tarqalgan. Pressing g'alaba qozonish uchun majburiy shart emas. Ba'zan bu o'rinli, ba'zan esa yo'q. Bu shunchaki, modaga aylangan so'z», - deydi Karriqning fikrlarini Fabrizio Romano keltirmoqda.

Bugun soat 17:00 da «qizil iblislar» «Bormut»ga qarshi o'yin boshlanadi.