Hujumchi «Frayburg»dan Igor Matanovich «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
«Qizil iblislar» 23 yoshli futbolchini transfer qilish bo'yicha muhokamalar o'tkazdi, deb xabar bermoqda Transfer News Live CaughtOffside manbasi orqali. Manchesterdagi jamoa, agar Joshua Zirkzee bilan ajralishsa, xorvat futbolchisi uchun rasmiy taklif berishi mumkin. Shuningdek, bu vaziyatni «Tottenhem» ham kuzatmoqda.
O'tgan mavsumda Igor Matanovich barcha musobaqalarda «Frayburg» uchun 50 o'yinda 15 gol urdi va to'rt assist berdi. Transfermarkt baholashiga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 22 million evro.
