Londonning «Chelsi» himoyachisi Malo Gyusto Angliya Premer-ligasida klubini o'zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda Teamtalk.
Xabarlarga ko'ra, fransuz futbolchisi xizmatlariga «Manchester Siti» qiziqmoqda. «Shaharchilar» Gyusto uchun «Pensionerlar» moliyaviy talablarini pasaytirsa, uni sotib olishga tayyor. Avvalroq, londonliklar futbolchini 83 million yevro deb baholagan edi.
23 yoshli lateral 2023 yil yanvarida «Chelsi»ga qo'shildi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning iyun oyida tugaydi.
Hozirgi mavsumda APL himoyachi beshta uchrashuvda maydonga tushdi.
