«Manchester Yunayted» jamoa kapitani Bruno Fernandes uchun yozgi transfer oynasida har qanday taklifni rad etishni maqsad qilgan. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, o'tgan haftada 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga Galatasaray, Yuventus va Milan jamoalari qiziqish bildirishgan. Turkiya klubi hatto 50 million evro atrofida taklif tayyorlagan.
Klub ichidagi manbaning so'zlariga ko'ra, yarimhimoyachi hech qanday summaga sotilmaydi. Bu vaziyat o'tgan yozdan farq qiladi. O'shanda Yunayted Fernandesga saudiyalik «Al-Hilal» taklifini qabul qilish-qilmaslikni o'zi hal qilishiga ruxsat bergan.
O'yinchining amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan. O'tgan mavsumda Fernandes APLda 21 gol uzatmasi berib, turnir tarixida yangi rekord o'rnatdi.
