19 yoshli Londonning «Arsenal» jamoasining yarim himoyachisi Ithan Nvaneri yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Nvaneriga «Milan» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiyaning ushbu grandi «kanonirlar» bilan bog‘lanishdi. O‘yinchining oxirgi qarori esa o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Nvaneri «Marsel»da ijarada o‘tkazdi. U fransuz klubi safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nvanerining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari o‘yinchini 35 million evroga baholamoqda.