Shved yarim himoyachi Lukas Bergvall «Tottenhem»dan transfer oynasi tugashidan oldin ketishi mumkin.
Jurnalist Gari Uordning ma'lumotlariga ko'ra, Bergvall «Nyukasl» va «Nottinhem Forest» ro'yxatida qolmoqda. Ikkala klub ham yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida 20 yoshli yarim himoyachini sotib olishga harakat qiladi.
Agar manbaga ishonilsa, «shporlar» Bergvallni 70 million evro taklif qilingan taqdirda qo'yib yuborishga tayyor.
O'tgan mavsumda shved futbolchi barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda ishtirok etib, bir gol urdi va beshta golli uzatma berdi.
Bergvallning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi.
