Londondagi «Chelsi» saudiya «Al-Hilal» tomonidan sotib olinmoqchi bo'lgan hujumchi Pedru Netuga narx belgiladi.

GiveMeSport ma'lumotlariga ko'ra, «Al-Hilal» 26 yoshli portugaliyalikni qo'lga kiritishga qiziqmoqda. «Chelsi» futbolchidan voz kechishga tayyor, ammo hozirda «siniylar» «Al-Hilal» yoki boshqa biron bir klubdan rasmiy taklif olmagan. Londondagi jamoa Netuni 117 million evroga baholamoqda.

O'tgan mavsumda Pedru Netu barcha musobaqalarda 52 marta maydonga tushdi. Bu vaqt ichida hujumchi o'z raqiblarining darvozalariga o'n marta to'p kiritdi va to'qqizta golli uzatma berdi.