Gulielmo Vikario tez orada italiyaning chempionatiga qaytadi. 29 yoshli darvozabon «Yuventus»ga o'tadi. Buni taniqli insayder Fabrizio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Vikario Turin klubiga ijaraga o'tadi. Klublar o'rtasidagi kelishuvda o'yinchini sotib olish imkoniyati ko'zda tutilgan.
Vikario 2023 yildan buyon «shporlar» safida o'ynaydi. O'tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 43 uchrashuvda qatnashdi. 13 ta o'yinda italiyalik darvozabon o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Avvalroq «Yuventus»ning «Aston Villa» va Argentina terma jamoasi Emiliano Martinesni sotib olishdan nima sababdan voz kechgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
