Angliyaning sobiq darvozaboni Pol Robinson «Manchester Yunayted»da Maykl Karriqning kelajagi haqida fikr bildirdi. Manchesterlilar ketma-ket sakkizta o'yinda g'alaba qozonolmayapti.

«Klub ichidagi vaziyatni bilmayman, shuning uchun muhokama qilish qiyin. Turli xil rivojlanish variantlari mavjud. Shaxsan menimcha, Karriqni qoldirmaydi. Lekin uning o'rniga kim keladi? Emeri «MYu»ga kelmaydi. Hech kim bunday holatda klub bilan ishlashni xohlamaydi», - deydi Robinson Football365 orqali.

Oxirgi o'yinda «qizil iblislar» o'z maydonida «Bormut»ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. APLning sakkiz turidan so'ng «MYu» 7 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.