«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines bu yozda «Yuventus»ga o‘tmaydi.
Turin klubi 33 yoshli argentinalik futbolchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan voz kechdi, deb xabar beradi The Athletic. Avvalroq «Yuventus» Martines uchun yangi taklif bergan edi, shundan so‘ng klublar o‘rtasidagi futbolchining narxi bo‘yicha pozitsiyalar yaqinlashdi. Shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuv ham muammo bo‘lmasligi kerak edi. Biroq, oxir-oqibat italiyaliklar muzokaralardan chiqishga va darvozabonlik pozitsiyasiga boshqa nomzodlarga o‘tishga qaror qildilar.
Shuni ta'kidlash joizki, avvalroq «Aston Villa» «Parma» bilan Zion Suzukini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi, uni Birmingemda yangi mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida ko‘rib chiqmoqdalar.
