«Galatasaray» hujumchisi Viktor Osimxen o'zining tez orada ketishi bilan bog'liq mish-mishlarga javob berdi.
Nigeriyalik futbolchi Turkiya chempionatining birinchi turida «Choruma»ga qarshi o'yinda (2:2) ikkita gol urdi va jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Transfer oynasi ochilganda, mish-mishlar doimiy ravishda paydo bo'ladi. Men o'z ishime e'tibor qaratyapman. Vaqti kelganda, nima bo'lishini ko'ramiz», – deya Arsenal Radar tomonidan 27 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi.
Oxirgi kunlarda Viktor Osimxen uchun asosiy da'vogar sifatida Londondagi «Arsenal» ko'rsatilmoqda. Avvalroq, hujumchiga «Barselona», «Atletiko», «Manchester Yunayted» va Saudiya Arabistoni chempionatining vakillari ham qiziqish bildirgan edi.
