«Bayer» himoyachisi Dzharell Kuanza yozda «Arsenal»ga o'tishni o'ylab ko'rishga tayyor. Bu haqda Metro xabar bermoqda.
Londondagi klub Uilyam Saliba jarohat olganidan so'ng himoyani kuchaytirishni izlamoqda. «Arsenal» allaqachon «Aston Villa» bilan 28 yoshli himoyachi Ezri Konsaning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo tomonlar hali narx haqida kelisha olishmadi.
Shu fonni inobatga olgan holda, «Arsenal» Kuanza nomzodini ko'rib chiqmoqda. 23 yoshli ingliz futbolchisi 2025-yil yozida «Liverpul»dan «Bayer»ga o'tgan va debyut mavsumida Bundeisliga 28 ta o'yin o'tkazgan.
Kuanza shuningdek, Angliya terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan va musobaqada uchta o'yin o'tkazgan. Himoyachining markazda va o'ng qanotda o'ynash qobiliyati Mikel Artetani jalb qilmoqda.
Nemis klubi himoyachi uchun kamida 50 million evro talab qilishi kutilmoqda. Avvalroq «Liverpul» Kuanza uchun 70 million evro miqdorida qayta sotib olish opsiyasiga ega edi, lekin uning amal qilish muddati allaqachon tugagan.
