Hujumchi «Chelsi» Liam Delap Italiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Angliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Como» haqida taniqli insayder Fabrizio Romano o'z sahifalarida xabar berdi. Italiyaning ushbu klubi hujumchini transfer qilish uchun dastlabki qadamlarni tashladi. «Como» va «Chelsi» o'rtasida yaqinda Trevo Chalobah bo'yicha amalga oshirilgan kelishuvdan so'ng yaxshi munosabatlar o'rnatilgan. Bu, ingliz futbolchisi bo'yicha muzokaralarda tomonlarga yordam berishi mumkin.
Delap «Chelsi»ga 2025-yil yozida o'tdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031-yilgacha amal qiladi va futbolchining qiymati 28 million evroga baholanmoqda.
