«Tottenhem» himoyachisi Jan-Paul Van Hekke, 9-tur APLda «Kristal Pəlas» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda gol urdi. U natijadan mamnunligini bildirib, jamoaning raqibga qarshi sabrli o‘ynaganini ta'kidladi.

«Bu aynan biz xohlagan natija. Albatta, bizga raqibning qizil kartochkasi yordam berdi, lekin biz xotirjamlikni saqladik va ko‘p imkoniyatlar yaratdik. Ikkinchi golni kutishimizga to‘g‘ri keldi, lekin umuman olganda bu yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz ishonchli harakat qildik va uch ochko to‘plaganimizdan xursandman», - deya keltiradi futbolchini BBC sayti.

«O‘yindan oldin raqib juda chuqur himoya qilishi haqida bilardik va ularning himoyasini buzish qiyin bo‘ladi. Sabrlilikni ko‘rsatish va bo‘sh joyni topish kerak edi. Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin men natijadan mamnunman».

«Endi biz xuddi shunday davom etishimiz, xotirjamlikni saqlashimiz va ko‘p o‘yinlarni yutishimiz kerak, chunki biz yana tepa tomon qaytishni xohlaymiz».

Ushbu g‘alabadan so‘ng «shporalar» 12 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda turibdi.