Vinger «Manchester Siti» Jeremi Doku jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikrlarini bildirdi.

«Gvardiola bilan o'tkazgan yillarim ajoyib bo'ldi. Men juda ko'p narsalarni o'rgandim. Birinchi suhbatimizni eslayman… Hozir yangi shartnoma imzolayotganim — bu hammasi Pepning yordami bilan», — dedi Doku klub matbuot xizmatiga.

Doku «Manchester Siti»ga 2023 yilda qo'shildi. O'tgan mavsumda 24 yoshli belgiyalik barcha musobaqalarda 47 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 14 golli uzatma berdi.

Oldinroq Doku ingliz gigantida mehnat shartnomasini 2031 yilning o'rtalarigacha uzaytirdi.