Yaqin vaqt ichida «Barselona» Ispaniya yarimhimoyachisi Rodri Ernandesni sotib olish uchun «Manchester Siti»ga yangi taklif berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.

«Shaharchilar» Rodrini 50 va 60 million evroga sotishga rozi bo'lmaganidan so'ng, klublar 70 million evro atrofida kelishuvga erishish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq, ingliz klubi o'z futbolchisi uchun 80 million evro olishni xohlaydi. Romano «Barselona»ning xotirjamligini saqlab qolayotganini ta'kidlaydi.

O'tgan mavsumda 30 yoshli Rodri barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri bo'yicha yangi taklifidan norozi