«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Maykl Karriq yangi mavsum boshlanishi oldidan Buru Fernandesning kapitanligi haqida savollarga javob berdi.

22-avgust kuni «qizil iblislar» Xall Sitiga qarshi Premier-liganing birinchi turida safarda o‘ynaydi.

«Bizga yuqori darajadagi o‘yinchilar kerak. Har bir yaxshi jamoada katta foyda keltira oladigan ijrochilar bo‘ladi. Biz Buru Fernandesdan maksimal foyda olishimiz va uning atrofida jamoa qurishimiz kerak.

U ta'tildan qaytganidan beri o‘zini ajoyib ko‘rsatmoqda – bu uning o‘yini, liderlik fazilatlari va yosh hamkasblariga yordam berish istagi bilan bog‘liq. Buru ajoyib holatda va mavsumning boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda», – deydi jurnalist Saymon Stoun Karriqning so‘zlarini keltirgan holda.

O‘tgan mavsumda «MYU» Angliya chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va Fernandes liganing eng ko‘p golli uzatmalar (21) bo‘yicha rekordini o‘rnatdi.