Londondagi «Arsenal» 22 yoshli «Bryugge» hujumchisi Nikolo Tressoldini sotib olish uchun xarajatlarni oshirishga tayyor. Londondagi jamoaning bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transfer oynasi oldidan hujumni kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Football Insider ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub 22 yoshli nemis hujumchisining narxi hozirgi samaradorligini davom ettirsa, sezilarli darajada oshishi mumkinligini tushunadi.
Hozirgi mavsumda Tressoldi barcha musobaqalarda 14 o'yinda 12 gol urdi, jumladan, «Inter»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida xet-trik qildi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda «Bryugge» o'ychini taxminan 48 million evroga baholamoqda.
Belgiya klubi Tressoldini qishki transferda qo'yib yuborishni xohlamaydi va uni mavsum oxirigacha saqlashni afzal ko'radi.
