«Liverpul» «Pari Sen-Jermen»ning qanot o'yinchisi Bradsli Barcolani transfer qilishda davom etmoqda.

So'nggi kunlarda «qizillar» fransuzni qo'shib olish bo'yicha faol ish olib bormasa-da, bitimning taqdiri hali hal bo'lmagan. L'Equipe ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi transfer davrining oxirgi o'n kunida masalani hal qilishga jiddiy kirishmoqchi. 23 yoshli futbolchi, ishonchli ma'lumotlarga ko'ra, Merseysayd jamoasiga o'tishni xohlaydi, ammo «PSJ» tomonidan belgilangan katta narx muzokaralarni qiyinlashtirmoqda.

Bradsli Barcolaning narxi Transfermarkt portalida 90 million evro deb baholangan. O'yinchiga da'vogarlik qilayotgan boshqa klub esa «Arsenal» hisoblanadi.