Angliya Premyer Ligasi to'qqizinchi turidagi deyarli barcha o'yinlar yakunlandi. Natijalariga ko'ra, superkompyuter Opta chempionlik unvoniga da'vogarlarning imkoniyatlarini baholadi.
Asosiy favorit sifatida Londondagi «Arsenal» ko'rsatilmoqda. «Liverpul» ustidan (1:0) g'alaba qozonganidan so'ng, «kanonirlar»ning imkoniyatlari 68,2 foizni tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rinda «Manchester Siti» joylashgan. Enzo Mareska boshqaruvidagi jamoaning g'alaba qozonish ehtimoli 18,9% deb baholangan. Uchlikni «Brayton» 6,9% bilan yakunlaydi.
Top-5 ga shuningdek «Liverpul» (3,1%) va Londondagi «Chelsi» (1,4%) kirdi.
«Arsenal» APL chempionatida 24 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta'qibchi uch ochko ortda qolmoqda.
