«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning darvozabonlik chizig'ini kuchaytirishni o'ylamoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Yozilishicha, «qizil iblislar»ning diqqat markazida 20 yoshli nemis Denis Zaymen bor, u «Shtutgart»da o'ynaydi. Manchesterliklarning ushbu futbolchi uchun raqobatchilari Milanning «Inter» va Madridning «Atletiko» klublari hisoblanadi.

Zaymenning «shvablar» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Darvozabonning transfer narxi o'n million evro deb baholanmoqda.

Hozirgi Bundesliga mavsumida Denis to'rt o'yinda maydonga tushib, olti gol o'tkazib yuborgan.