«Barselona» yarimhimoyachi Rodrining transferi bo‘yicha oxirgi taklifini tayyorlamoqda. Bu, futbolchining «Manchester Siti»dan chiqishini osonlashtirishni so‘ragani fonida sodir bo‘lmoqda. 30 yoshli o‘yinchining bunday pozitsiyasi muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, deydi ispancha Sport nashri.
Muzokaralarga yaqin manbalar «Barselona» taklifni 65 million evrogacha oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Yana 10 million evro bonus sifatida kelishuvga kiritilishi mumkin. Ushbu summaning yarmi – 5 million evro – oson erishiladigan bonuslar bo‘ladi.
2024 yilda Rodri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi.
