Gollandiyalik yarim himoyachi «Manchester Siti» Tijjani Reynders yaqin kunlarda saudiyalik «Al-Qadisiya» jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Al-Qadisiya» jamoasi hozirda yangi mavsumdagi birinchi o'yiniga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsa-da, Reynders bilan shartnoma yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, yarim himoyachiga «Nottingem Forest» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Reyndersning «Manchester Siti»dagi kelajagi Elliot Andersonning «o'rmonchilar»dan xarid qilinishi bilan noaniq bo'lib qoldi.

«Shahar» jamoasi Reyndersni o'tgan yilning o'zida sotib olgan edi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlar bo'yicha 47 ta o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasi tomon yetti bor zarba berdi va sakkiz assist berdi.